Qozog‘iston va O‘zbekiston Mudofaa vazirliklaridan kelgan delegatsiya UZINFOCOM kompaniyasi ofisiga tashrif buyurdi.
Asosiy loyihalar taqdimotini O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos olib bordi.

Delegatsiyaga UZINFOCOMning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan infratuzilma loyihalari va elektron hukumat yechimlari taqdim etildi. Harbiy hisobga olish va harbiy xizmat masalalari bo‘yicha davlat xizmatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif doirasida delegatsiya UZINFOCOM ko'rgazmalar zalini ham ko‘zdan kechirdi, unda kompaniyaning ilg‘or raqamli yechimlari bilan tanishdilar. Ularning qatorida davlat va xususiy raqamli xizmatlarga kirishni soddalashtirish va tezlashtirish uchun mo‘ljallangan MyID va MyID Palm biometrik identifikatsiya tizimlari bo‘ldi.
Shuningdek, ularga ta’lim maqsadlarida inson anatomiyasini batafsil o‘rganishga imkon beruvchi tibbiyot sohasiga oid raqamli yechim - Ibn Sino interaktiv o‘quv stoli ham namoyish etildi.