UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

KOICA vakolatxonasi UZINFOCOM ofisida

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

05.08.2025

KOICA vakolatxonasi UZINFOCOM ofisida

Tashrif davomida koreyalik mehmonlarga UZINFOCOM kompaniyasi haqida umumiy ma’lumot taqdim etildi — davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha yagona integrator sifatidagi faoliyati, shuningdek, O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasini rivojlantirishdagi roli haqida so‘z yuritildi.

 

Delegatsiya a’zolari kompaniyaning raqamli yechimlar ekotizimi, jumladan, MyID va MyID Palm biometrik identifikatsiya platformalari bilan tanishdilar. Ayniqsa, ushbu yechimlarning davlat xizmatlariga integratsiya qilinishi va xalqaro loyihalarda kengaytirilish imkoniyatlari katta qiziqish uyg‘otdi.