UZINFOCOM ma’lumotlar markazi raqamlarda.
Ma’lumotlar markazi zamonaviy raqamli dunyoning poydevoridir.

Bu yerda serverlar joylashadi, ma’lumotlar saqlanadi va qayta ishlanadi, biz har kuni foydalanadigan onlayn xizmatlar, ilovalar va platformalarning ishlashini ta’minlaydi.
UZINFOCOM ma’lumotlar markazi O‘zbekiston raqamli infratuzilmasining asosiy elementi bo‘lishining sabablari:
- 1000 dan ortiq server - oddiy tizimlardan yuqori yuklangan tizimlargacha;
- 99,982% foydalanishga tayyorlik — xizmatlar deyarli to‘xtamasdan ishlaydi;
- 24/7 nazorat — hamma narsa kuzatuv ostida: harorat, elektr ta’minoti, trafik;
- Zaxira elektr ta’minoti va aloqa kanallari — buzilishlarga bardoshlilik;
- O‘zbekistonda joylashgani — maksimal tezlik va qonunchilikka muvofiqlik uchun.