UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM va Datamine International Limited o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Yagona integrator UZINFOCOM raqamli transformatsiya sohasida hamkorlik qilish maqsadida Datamine International Limited xalqaro kompaniyasi bilan kelishuv tuzdi.

15.08.2025

UZINFOCOM va Datamine International Limited o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Datamine Software geologik qidiruv, resurslarni modellashtirish, kon ishlarini rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarish, logistika va marketing uchun dasturiy ta’minotlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan.

 

Tomonlar IT-yechimlarni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish uchun kuchlarini birlashtirish to‘g‘risida kelishib oldilar. Rejalarda ta’lim tashabbuslarida hamkorlik qilish, media-kontent yaratish va mamlakatning asosiy tarmoqlarida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish nazarda tutilgan.

Ushbu hamkorlik innovatsiyalarni joriy etish va raqamli infratuzilmani mustahkamlash uchun yangi istiqbollarni ochadi.