Ijtimoiy nafaqalarni olish uchun onlayn ariza qanday topshiriladi
Bugungi kunda ijtimoiy nafaqani my.gov.uz portali orqali tez va qulay tarzda rasmiylashtirish mumkin.

Ijtimoiy nafaqa nima va u kimlarga kerak?
Ijtimoiy nafaqa - bu alohida himoya va yordamga muhtoj bo‘lganlarga beriladigan davlat ko‘magi. U O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga muvofiq fuqarolarning ma’lum toifalariga tayinlanadi. Bunday to‘lovlar asosiy ehtiyojlarni qondirishga, qiyin vaziyatlarda oilalar va fuqarolarning turmush darajasini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
Arizani qanday topshirish mumkin:
1. my.gov.uz portaliga kiring
2. Qidiruvda "ijtimoiy nafaqa tayinlash" xizmatini tanlang
3. "Xizmatni olish" tugmasini bosing
4. Ommaviy oferta talablari bilan tanishib chiqing va qabul qiling
5. Ma’lumotlarni quyidagilarni ko‘rsatgan holda to‘ldiring:
• Nafaqa turi
• Ariza beruvchi turi
• JSHSHIR
• Yashash manzili
Ariza yuborilgandan so‘ng, tizim uni ko‘rib chiqish uchun tegishli organlarga yo‘naltiradi.