Domenlar auktsioni O‘zbekistonda biznes uchun qanday yangi imkoniyatlar yaratmoqda?
Bugungi kunda domen nomi shunchaki internetdagi manzil emas. U brend, kompaniyaning tashrifnomasi va vaqt o‘tishi bilan qiymati tobora oshib boradigan to‘laqonli raqamli aktivdir.

auction.cctld.uz platformasi biznesga .UZ zonasidagi bo‘shayotgan va premium domenlarga ega bo‘lish imkonini beradi.
- Bu yerda kompaniyalar allaqachon qiymat va tarixga ega bo‘lgan qisqa, noyob va esda qolarli nomlarni xarid qilishlari mumkin.
- Auktsion - bu raqobatchilar orasida ajralib turish, brend tanilishini oshirish va raqamli aktivga sarmoya kiritish imkoniyatidir.
- Barcha jarayon onlayn tarzda, shaffof va g‘olibga huquqlar kafolatlangan holda o‘tkaziladi.
Shunday qilib, auktsionida ishtirok etish nafaqat noyob domenni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati, balki raqamli muhitda biznesni rivojlantirish uchun strategik qadamdir.