“Openinfo.uz” yagona korporativ axborot portali O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “Token.uz” yechimini birlashtirdi.
“United Integrator UZINFOCOM” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan “Token.uz” pilot loyihasi 2024-yil 29-yanvardan boshlab kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi Maxsus tartibga solish rejimining ishtirokchisi hisoblanadi.

Token.uz platformasining Openinfo.uz Yagona korporativ axborot portali faoliyatiga integratsiyalashuvi yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarni ma’lumotlar reestrining taqsimlangan texnologiyasi (“blokcheyn”) yordamida saqlash imkonini beradi, bu orqali ularning shaffofligini bevosita oshirish va ruxsat etilmagan buzg‘unchiliklardan himoyalanishini ta’minlaydi. .
Ushbu platformani amalga oshirish ma'lumotlar ishonchliligini ta'minlashda birinchi qadam bo'lishi va investorlarning ishonchini oshirishga yordam berishi kutilmoqda. Bu qadam O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyasi va umuman fond bozori infratuzilmasini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun: alohida rejim ishtirokchilari reestri bilan Agentlikning rasmiy veb-saytida bu yerda tanishish mumkin.