UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Lotte Innovate delegatsiyasi UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Lotte Innovate kompaniyasining Global rivojlanish departamenti rahbari janob Jey Kvon boshchiligidagi Koreya delegatsiyasi UZINFOCOMda mehmon bo‘ldi.

16.09.2025

Lotte Innovate delegatsiyasi UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Lotte Innovate kompaniyasi 25 yildan ortiq vaqtdan beri tibbiyot va sanoatdan tortib xususiy sektorgacha bo‘lgan turli sohalarda raqamli transformatsiyani joriy etish bilan shug‘ullanib keladi.

 

Mehmonlarga UZINFOCOMning MyID, MyID Palm, HRM.ARGOS.UZ kabi yetakchi ishlanmalari va boshqa yechimlari taqdimot qilindi. Delegatsiya a’zolari loyihalarni yuqori baholab, ularning zamonaviy texnologiyalar rivojidagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

 

Uchrashuvda UZINFOCOM jamoasi tomonidan Lotte Innovate bilan hamkorlikda Janubiy Koreya va Osiyo bozorlari uchun IT-mahsulotlar ishlab chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.