UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish bo‘limi mutaxassislari 12 oylik “Sog‘liqni saqlash uchun informatika va ma’lumotlar ilmi” (IDASH) stipendiya dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar.

Shu davr mobaynida jamoa o‘z malakasini sezilarli darajada oshirdi, loyiha amalga oshirdi va sog‘liqni saqlash informatika hamda ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha muhim ko‘nikmalarni egalladi.

24.09.2025

UZINFOCOM sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish bo‘limi mutaxassislari 12 oylik “Sog‘liqni saqlash uchun informatika va ma’lumotlar ilmi” (IDASH) stipendiya dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar.

Dastur Vashington universiteti (UW), AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) hamda JSST Yevropa byurosi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, uning maqsadi — aholining sog‘liq ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun axborot tizimlarini loyihalash va qo‘llash sohasida jamoat salomatligi mutaxassislarining kompetensiyalarini rivojlantirish edi.

 

Dastur yakuniy bosqichi sifatida Gruziyada o‘tkazilgan so‘nggi seminar bo‘ldi. Unda Markaziy Osiyo, Sharqiy Yevropa va Kavkaz mamlakatlaridan ishtirokchilar milliy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashdilar, ekspert tavsiyalarini oldilar hamda xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandilar.