🌐 UZINFOCOM BRIKS va ShHT davlatlarining XV Xalqaro IT forumida ishtirok etd
Tadbir 18-20-iyun kunlari Xanti-Mansiysk shahrida (Rossiya) bo‘lib o‘tdi va Rossiya va xalqaro ekspertlar o‘rtasida IT-sanoatning dolzarb tendentsiyalari bo‘yicha muloqot qilish uchun nufuzli platformaga aylandi.
📊Forum 47 davlatdan 5 mingdan ortiq ishtirokchini jamladi va turli ko'rgazmalar, ma'ruzalar va konferentsiyalarni o'z ichiga oldi. Iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi eng so‘nggi texnologiyalar, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va inson resurslarini rivojlantirish, xalqaro hamkorlik kabi mavzular keng muhokama qilindi.
💻Dildora Tursunova tadbirkor ayollar qo'mitasi yig‘ilishining ma'ruzachilaridan biri bo'lib, "IT sohasidagi gender balansi va xotin-qizlar tashabbuslari" mavzusida ma'ruza qildi. Unda O'zbekistonda IT sohasidagi ayollarni qo'llab-quvvatlash yo'nalishlari haqida so'zlab berdi.