ICT Week 2025 ko‘rgazmasi o‘z nihoyasiga yetdi!
Bu kunlar mamlakatimiz raqamli sanoati uchun yorqin voqea bo‘ldi va UZINFOCOM kompaniyasining yutuqlarini taqdim etish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.

Stendimizga yuzlab mehmonlar tashrif buyurdi: ular orasida davlat tuzilmalari, biznes, IT-kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar vakillari bor. Biz bugungi kunda O‘zbekistonning raqamli ekotizimini shakllantirayotgan asosiy loyihalarimizni namoyish etdik: MyID va MyID Palm, DMED, HRM.ARGOS.UZ, TOKEN.UZ, HET Billing, UGaz va boshqalar.

Har bir tanishuv, suhbat va tajriba almashinuv yangi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda innovatsion yechimlarni ilgari surish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
UZINFOCOM stendiga tashrif buyurgan, mahsulotlarimizga qiziqish bildirgan va ICT Week 2025 doirasida bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Kelgusi tadbirlarda ko‘rishguncha!
