Yaponiyaning Soft Hyperion CA kompaniyasi delegatsiyasi UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.
Mazkur kompaniya moliya, ta’lim, sug‘urta va logistika kabi turli sohalar uchun veb-ilovalar va dasturiy ta’minot ishlab chiqishga ixtisoslashgan.

Tashrif davomida mehmonlarga UZINFOCOM’ning MyID va MyID Palm kabi asosiy ishlanmalari tanishtirildi. Ular ushbu yechimlarning Yaponiya bozoridagi salohiyati yuqori ekanini e’tirof etdilar.

Muzokaralarda IT-loyihalar autsorsingi bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari hamda MyID va MyID Palm mahsulotlarini Yaponiya bozoriga olib chiqish strategiyalari muhokama qilindi.
