UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Serbiyaning xalqaro iqtisodiy hamkorlik boʻyicha vaziri UZINFOCOM'ga tashrif buyurdi.

Serbiyaning Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va ijtimoiy masalalar boʻyicha vaziri Nenad Popovich UZINFOCOM ofisiga amaliy tashrif bilan keldi.

13.10.2025

Serbiyaning xalqaro iqtisodiy hamkorlik boʻyicha vaziri UZINFOCOM'ga tashrif buyurdi.

Serbiyalik vazirga Oʻzbekiston raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov va UZINFOCOM Sanoatni raqamlashtirish direktori Ravshan Maqsumov hamrohlik qildi.

 

Tashrif davomida mehmonlarga kompaniyaning eng soʻnggi raqamli yechimlari taqdim etilgan UZINFOCOM shourumi namoyish qilindi. Asosiy eʼtibor MyID biometrik identifikatsiya ekotizimi, DMED raqamli sogʻliqni saqlash tizimi va boshqa ishlanmalarga qaratildi.