UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Biometriyada sun'iy intellekt: UZINFOCOM RigaCom anjumanida.

RigaCom anjumanida UZINFOCOM'ning Global IT-yechimlar ofisi direktori Temur Batirov maʼruza qildi.

13.10.2025

Biometriyada sun'iy intellekt: UZINFOCOM RigaCom anjumanida.

Uning taqdimoti IT sohasidagi dolzarb mavzu — "Biometriyada sun'iy intellekt: xavfsizlik, aniqlik va miqyoslanuvchanlikni takomillashtirish"ga bagʻishlandi.

Temur Batirov tinglovchilarga UZINFOCOM'ning biometriya sohasidagi soʻnggi yutuqlarini namoyish etdi va sunʼiy intellekt texnologiyalarining integratsiyasi identifikatsiyani qanday qilib yangi bosqichga olib chiqishini tushuntirib berdi.

Sun'iy intellektni qoʻllash biometrik maʼlumotlarning mos kelishini yuqori aniqlikda taʼminlaydi, katta yuklanishli xizmatlar uchun oniy identifikatsiyani kafolatlaydi va firibgarlikka qarshi samarali kurashib, biometrik tizimlarning tahdidlarga chidamliligini oshiradi.

UZINFOCOM Europe koʻmagida RigaCom'da boʻlib oʻtgan ushbu taqdimot kompaniyaning oʻz ilgʻor tajribasini xalqaro hamjamiyat bilan faol almashib borayotganining yorqin isboti boʻldi.