UZINFOCOM Xalqaro inklyuziv xab (IIHUB) tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kursi doirasida o‘qituvchilar delegatsiyasini qabul qildi.
IIHUB IT sohasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitishga ixtisoslashgan. Mazkur kurs butun O‘zbekiston bo‘yicha inklyuziv ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi ixtisoslashtirilgan texnikum va kollej pedagoglari uchun mo‘ljallangan edi.

Tashrif davomida o‘qituvchilar UZINFOCOM shourumida bo‘lib, kompaniyaning ilg‘or raqamli yechimlari bilan tanishdilar. Bu uchrashuv ta’lim dasturining muhim qismiga aylanib, pedagoglarga kompaniyamiz tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiyalarni quyidagi maqsadlarda moslashtirish va qo‘llash mumkinligini yaqqol ko‘rsatdi:

- O‘qituvchilar malakasini oshirish;
- Ta’lim jarayoniga, xususan, inklyuziv ta’limga integratsiya qilish;
- Yangi avlod IT-mutaxassislarini tayyorlash.
