UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM Qirgʻiziston elektron tijorat delegatsiyasini qabul qildi.

Oʻzbekiston boʻylab biznes-tur doirasida UZINFOCOM ofisiga Qirgʻiziston Respublikasi Elektron Tijorat Assotsiatsiyasi Prezidenti Aybek Kurenkeyev boshchiligidagi elektron tijorat sohasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

22.10.2025

UZINFOCOM Qirgʻiziston elektron tijorat delegatsiyasini qabul qildi.

Tashrif davomida mehmonlarga UZINFOCOM’ning infratuzilmasi va asosiy loyihalari taqdim etildi. Delegatsiya kompaniyaning shourumi bilan tanishib, raqamlashtirish sohasidagi soʻnggi yutuqlar haqida ma’lumot oldi. Ayniqsa, xavfsiz raqamli identifikatsiya uchun ishlab chiqilgan MyID va MyID Palm biometrik yechimlariga alohida e’tibor qaratildi.