UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM ofisiga xalqaro “GOPA AFC” (Qishloq xoʻjaligi, Moliya va Iqlim) konsalting guruhi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibidan Bosh direktor Yoxannes Bushmayer hamda GOPA Consulting Group’ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Raxila Nurbayeva oʻrin oldi.

22.10.2025

UZINFOCOM ofisiga xalqaro “GOPA AFC” (Qishloq xoʻjaligi, Moliya va Iqlim) konsalting guruhi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

GOPA AFC – butun dunyoda barqaror rivojlanish, qishloq xoʻjaligi, moliya va raqamli transformatsiya sohalaridagi loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga ixtisoslashgan Germaniyaning yirik konsalting kompaniyasidir.

 

Tashrifning asosiy maqsadi — tajriba almashish va hamkorlikdagi istiqbollarni baholash uchun UZINFOCOM’ning ilgʻor raqamli yechimlari bilan tanishishdan iborat bo‘ldi. Muzokaralar davomida Oʻzbekistonda va tashqi bozorlarda raqamlashtirish jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar texnik imkoniyatlarni tahlil qilish va kelgusidagi hamkorlik shakllarini aniqlashga oʻzaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.