UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM UIMF 2025 forumida: Tog‘-kon metallurgiya sohasini raqamlashtirish.

UZINFOCOM kompaniyasi Toshkentda Konchilik sanoati va geologiya vazirligi koʻmagida oʻtkazilgan “MiningMetals Uzbekistan 2025” koʻrgazmasi doirasidagi 7-Xalqaro Oʻzbekiston togʻ-kon metallurgiya forumida (UIMF 2025) ishtirok etdi.

30.10.2025

UZINFOCOM UIMF 2025 forumida: Tog‘-kon metallurgiya sohasini raqamlashtirish.

UZINFOCOM loyihalar bo'limi direktori Ulug‘bek Tagaliyev “Geomonitoring” axborot tizimi: joriy etish, tahlil va natijalar” mavzusida ma’ruza qildi.

“Geomonitoring” AT — UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, geologiya sohasidagi jarayonlar, maʼlumotlar va barcha ishtirokchilarni yagona platformada birlashtiradi. Bu esa geologiya-qidiruv va foydali qazilmalarni qazib olishda shaffoflik hamda samaradorlikni taʼminlaydi.

 

UZINFOCOM’ning sanoatni raqamlashtirish bo‘yicha direktori Ravshan Maksumov asosiy sessiyalardan biriga moderatorlik qilib, metallurgiyada raqamli texnologiyalar kelajagi borasidagi muhokamalarni boshqarib bordi.

Ushbu forum respublikaning tog‘-kon-metallurgiya majmuasini raqamlashtirish bo‘yicha fikr almashish va kelgusi qadamlarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etdi.