Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Raqamli dunyoda xotin-qizlar ishtiroki va IT sohasidagi imkoniyatlar” forumi bo‘lib o‘tdi.
«GAP» Ayollar IT-klubi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Raqamli dunyoda xotin-qizlar ishtiroki va IT sohasidagi imkoniyatlar” nomli forum bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 200 dan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi.

«GAP» Ayollar IT-klubi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Raqamli dunyoda xotin-qizlar ishtiroki va IT sohasidagi imkoniyatlar” nomli forum bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 200 dan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi.
Forumning asosiy maqsadi — xotin-qizlarni axborot texnologiyalari sohasidagi imkoniyatlar bilan tanishtirish, ularni raqamli ko‘nikmalarni egallashga undash va IT kasblarining kelajagi haqida kengroq tushuncha berishdan iborat bo‘ldi.

Forumda UZINFOCOM kompaniyasining Data Engineering departamenti bosh mutaxassisi Anora Amirova “Sun'iy intellekt: ishlash prinsiplari, samaradorligi va kelajakdagi imkoniyatlari” mavzusida ma'ruza qildi.
U o‘z nutqida raqamli transformatsiya davrida uzluksiz ta’lim olish va bilimga intilish muhimligini alohida ta’kidladi.
“Sun'iy intellekt — bu kelajak. IT — bu imkoniyat. Internet bormi, demak bepul bilim bor. Eshikni o‘zingiz ochishingiz kerak. O‘qing va izlaning — hozir ayni vaqti!”
Tadbir davomida ishtirokchilarga IT sohasida o‘qish va rivojlanish uchun foydali manbalar taqdim etildi:
- it-istedod.uz – Xalqaro IT sertifikatlar, kompensatsiya va o‘quv resurslari jamlangan platforma.
- aistudy.uz – boshlovchilar va mutaxassislar uchun sun’iy intellekt kurslari platformasi.
- itstudy.uz – bepul IT kurslari platformasi
- uzbekcoders.uz – onlayn ta’lim platformasi
- my.gov.uz – Davlat xizmatlarining yagona interaktiv portali.
