UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

«O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJ boshqaruvi raisi Farhod Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar UZINFOCOM shourumi bilan tanishdilar. Unda kompaniyaning zamonaviy raqamli yechimlari va ishlanmalari, xususan, MyID va MyID Palm biometrik identifikatsiya tizimlari namoyish etildi.

04.11.2025

«O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJ boshqaruvi raisi Farhod Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolari taqdim etilgan ishlanmalarni yuqori baholab, ularning O‘zbekiston raqamli infratuzilmasini rivojlantirishdagi dolzarbligi, zamonaviy texnologiyalarga asoslangani va ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar faoliyatni raqamlashtirish, ichki jarayonlarni optimallashtirish hamda samaradorlikni yuksaltirish maqsadida texnologik yechimlarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.