DAAD vakillari UZINFOCOM shourumida bo‘lishdi.
DAAD – xalqaro akademik hamkorlik, ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqot loyihalari va butun dunyo bo‘ylab mutaxassislar almashinuvini qo‘llab-quvvatlovchi Germaniyaning eng yirik tashkilotidir.

Tashrif davomida mehmonlar UZINFOCOM faoliyati hamda davlat va biznes uchun ishlab chiqilgan raqamli yechimlarining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari kompaniyaning innovatsion loyihalari – MyID raqamli identifikatsiya platformasi va MyID Palm biometrik tizimidan tortib, davlat xizmatlari va raqamli infratuzilma uchun yaratilgan yechimlargacha bo‘lgan keng ko‘lamli ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.
