UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Amity universiteti katta vitse-prezidenti Amol Chauhan UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar UZINFOCOM faoliyati hamda kompaniyaning raqamli texnologiyalar va IT-yechimlar sohasidagi asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirildi.

07.11.2025

Amity universiteti katta vitse-prezidenti Amol Chauhan UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolariga kompaniyaning eng so‘nggi raqamli ishlanmalari namoyish etilgan UZINFOCOM shourumi ko‘rsatildi. Ayniqsa, MyID va MyID Palm tizimlariga alohida e’tibor qaratildi.

Mehmonlar taqdim etilgan ishlanmalarni yuqori baholab, ularning O‘zbekiston raqamli infratuzilmasini rivojlantirishdagi dolzarbligi, texnologik yetukligi va ahamiyatini alohida ta’kidladilar.