Ayol Yo’li. 2-qism premyerasi.
UZINFOCOM va Women in Tech Uzbekistan hamkorligida suratga olingan Ayol Yo’li filmining ikkinchi qismi premyerasi bo'lib o'tdi.

Ushbu loyiha O‘zbekiston texnologiyalar sohasining rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan IT yo‘nalishidagi xotin-qizlarning kasbiy yo‘li va yutuqlariga bag‘ishlangan. Yangi qism yaqinlarning qo‘llab-quvvatlashi, to‘g‘ri tanlov, o‘sish, yangi imkoniyatlar va ilhomlantiruvchi tajribalar haqidagi hayotiy hikoyalarni taqdim etadi.

Film qizlarni o‘z kuchiga, orzulariga va imkoniyatlariga ishonishga undash hamda IT sohasiga olib boruvchi yo‘l har bir inson uchun ochiq ekanini ko‘rsatish maqsadida yaratilgan.
Taqdimot nafaqat oflayn formatda bo‘lib o‘tdi — Ayol Yo’li filmining 2-qismini endi raqamli platformada ham tomosha qilish mumkin.
Havola orqali tomosha qiling.
Loyiha mamlakatimiz IT sohasida ayollarning tutgan o‘rni va ularning turfa xil muvaffaqiyat yo‘llarini ko‘rsatishda davom etadi.
