UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

STT va TTS nima va ular bizga nima uchun kerak?

Ovoz texnologiyalar bilan muloqot qilishning eng qulay usullaridan biriga aylandi: biz xabarlarni ovoz yordamida o'qib beramiz qilamiz, navigatordan yo‘nalishlarni tinglaymiz va ovozli yordamchilardan foydalanamiz.

10.11.2025

STT va TTS nima va ular bizga nima uchun kerak?

Bu jarayonlar ikki asosiy texnologiya asosida ishlaydi:

STT (Speech-to-Text) — nutqni tanib, uni matnga o‘giradi.


Misol: Siz gapirganingizda, tizim nutqingizni avtomatik tarzda matn shaklida yozib oladi.

TTS (Text-to-Speech) — matnni tabiiy, jonli ovozga aylantiradi.


Misol: Servis siz uchun xabarlarni, bildirishnomalarni yoki kerakli ma’lumotlarni ovozli o‘qib beradi.

Muxlisa AI'ning bunga qanday aloqasi bor?


muxlisa.uz — bu nutqni tanish va sintez qilish platformasi bo‘lib, o‘zida STT va TTS texnologiyalarini muvaffaqiyatli qo‘llaydi:

 

  • Nutqni matnga o‘giradi;
  • Matnni tabiiy inson ovozida o‘qib beradi;
  • O‘zbek tilini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.