Fransiya elchisi delegatsiya bilan birga Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Fransiya elchisi Valid Fuk Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashdi.

Uchrashuv konferensiya zalida o‘tkazilib, unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan raqamli o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlari taqdim etildi. Delegatsiya, shuningdek, UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi. U yerda mehmonlar kompaniya faoliyati, IT-infratuzilmaning rivojlanishi va davlat xizmatlariga joriy etilayotgan innovatsion yechimlar bilan tanishdilar.

UZINFOCOM ko‘rgazma zalida fuqarolar va tadbirkorlar uchun raqamli xizmatlarni takomillashtirishga qaratilgan asosiy loyihalar - elektron hukumat tizimlaridan tortib zamonaviy texnologik xizmatlargacha namoyish etildi.
