UZINFOCOM Qozog‘istonda o‘tkazilgan Central Asia Fintech Summit 2025 anjumanida ishtirok etdi.
Raqamli moliya texnologiyalariga bag‘ishlangan eng yirik mintaqaviy forumda UZINFOCOM o‘z stendini taqdim etdi. Unda ishtirokchilarga MyID Vision biometrik identifikatsiya tizimi namoyish qilindi.

Ushbu yechim o‘zining yuqori aniqligi, ishlash tezligi va qulay integratsiyasi tufayli banklar, fintex kompaniyalar hamda IT-sanoati vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.
MyID Vision bu:
- Shaxsni oniy va bexato aniqlash;
- e-KYC (Mijozingni tanib ol) jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish;
- Firibgarlikdan himoyalovchi ko‘p bosqichli tizim;
- Banklar, moliya tashkilotlari va davlat idoralari uchun tezkor integratsiya imkoniyati.

Biometrik texnologiyalar raqamli transformatsiyaning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. UZINFOCOM o‘zining innovatsion yechimlari salohiyatini namoyish etish orqali O‘zbekistonning xalqaro IT-maydondagi o‘rnini mustahkamlashda davom etmoqda.
