UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM va Qozog‘iston Milliy to‘lov korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Yagona integrator UZINFOCOM hamda “Qozog‘iston Respublikasi Milliy Bankining Milliy to‘lov korporatsiyasi” AJ o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

13.11.2025

UZINFOCOM va Qozog‘iston Milliy to‘lov korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Kelishuvning asosiy maqsadi — ikki mamlakat fuqarolari uchun o‘zaro transchegaraviy identifikatsiyani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirishdir. Bu Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda ishonch, xavfsizlik va qulaylikni oshirishga xizmat qiladi.

Memorandumni imzolaganlar:

  • Qozog'iston tomonidan: Samaeva J.T. — “Qozog‘iston Respublikasi Milliy Bankining Milliy to‘lov korporatsiyasi” AJ Boshqaruvi Raisi.
  • UZINFOCOM tomonidan: Miyassarov T.A. — Xalqaro biznesni rivojlantirish ofisi Direktori.

Ushbu hamkorlik mamlakatlar o‘rtasidagi raqamli aloqalarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, fintex va elektron xizmatlar sohasidagi integratsiyani yanada mustahkamlaydi.