Maykl Xarms boshchiligidagi Germaniyaning yetakchi IT kompaniyalari delegatsiyasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.
Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan biznes-missiya doirasida mehmonlar O‘zbekistonda raqamli soha rivoji, joriy tashabbuslar va texnologiya sektori uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Tashrif davomida hamkorlik istiqbollari va o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar muhokama qilindi. Shuningdek, delegatsiya UZINFOCOM ofisida bo‘lib, kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.
Mehmonlarga UZINFOCOMning muhim loyihalari, xususan, MyID ekotizimi, DMED, Agro Platforma va boshqalar namoyish etildi.
