SITA vakillari UZINFOCOM ofisida mehmon bo‘ldi.
UZINFOCOMga Xalqaro aviatsiya telekommunikatsiyalari jamiyati (SITA) delegatsiyasi ishchi tashrif bilan keldi.

Delegatsiya tarkibidan Chegaralarni boshqarish bo‘yicha sanoat va innovatsion yechimlar direktori Endi Smit o‘rin oldi.
Tashrif davomida mehmonlarga UZINFOCOM faoliyati, kompaniyaning asosiy IT-mahsulotlari va infratuzilmaviy salohiyati tanishtirildi. Uchrashuvda aviatsiya tarmog‘ini raqamlashtirish hamda AKT infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

SITA vakillari o‘z tajribalari bilan bo‘lishib, kompaniyaning texnologik yechimlari haqida ma’lumot berdilar. Tomonlar o‘zaro muloqotni davom ettirish va tajriba almashishga kelishib oldilar.
