UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM Global Digital Health Partnership (GDHP) a’zosiga aylandi

Kvebek (Kanada) shahrida bo‘lib o‘tgan Raqamli sog'liqni saqlash bo'yicha global hamkorlikning 16-sammiti O‘zbekistonning ushbu hamkorlikka qo‘shilgani rasman tasdiqlandi.

01.12.2025

UZINFOCOM Global Digital Health Partnership (GDHP) a’zosiga aylandi

UZINFOCOM tashkilotning Boshqaruv qo‘mitasida (Steering Committee) mamlakatimizning milliy vakili etib tayinlandi.

GDHP o‘zi nima?

Bu 40 dan ortiq davlatni birlashtirgan hukumatlararo tuzilma bo‘lib, raqamli sog‘liqni saqlashning global kun tartibini shakllantiradi va o‘zaro ilg‘or tajriba almashishni ta’minlaydi.

A’zolik qanday imkoniyatlar beradi?

  • E-health sohasidagi eng ilg‘or jahon tajribasi, ekspertlar hamjamiyati va xalqaro standartlardan foydalanish imkoniyati;
  • zamonaviy texnologiyalar — FHIR arxitekturasi, sun’iy intellekt, telemeditsina, tahlil va klinik jarayonlarning raqamli transformatsiyasini joriy etishni tezlashtirish;
  • GDHP ishchi guruhlarida ishtirok etish imkoniyati;
  • milliy raqamli tibbiyot yechimlarini rivojlantirishda qo‘llab-quvvatlash.