UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hirata Kendzi UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida u kompaniya faoliyati va raqamli transformatsiyaning asosiy yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi.

15.12.2025

Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hirata Kendzi UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Elchiga identifikatsiya va davlat xizmatlari sohasidagi zamonaviy yechimlar namoyish etiladigan UZINFOCOM shourumi taqdim etildi.

MyID ekotizimi, xususan, biometrik autentifikatsiya texnologiyalari hamda turli davlat va tijorat jarayonlariga integratsiya qilish imkoniyatlari janob Hiratada alohida qiziqish uyg‘otdi.