UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Davlat HR tizimida raqamli transformatsiya: tajriba almashish va amaliy yechimlar

Davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bo‘linmalari rahbarlari uchun tashkil etilgan maxsus o‘quv dasturi doirasida ishtirokchilar raqamli transformatsiya amaliyotlari bilan tanishishni davom ettirdilar.

17.12.2025

Davlat HR tizimida raqamli transformatsiya: tajriba almashish va amaliy yechimlar

Dastur davomida ular Toshkentdagi IT Parkka tashrif buyurib, raqamli ekotizimlar va davlat IT-tashabbuslarini rivojlantirishga oid zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, HR sohasidagi raqamli yechimlar, xususan hrm.gov.uz platformasi bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrifning davomi sifatida ishtirokchilar UZINFOCOM shourumida ham bo‘lib, kompaniya faoliyati va davlat xizmatlarini raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlarini o‘rgandilar. Jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirish, jumladan, kadrlar bilan ishlash tizimida qo‘llanilayotgan amaldagi raqamli yechimlar va platformalar taqdimoti o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida amalga oshirilgan tashabbuslar, mavjud chaqiriqlar va davlat boshqaruvi tizimida raqamli vositalarni rivojlantirish bo‘yicha umumiy yondashuvlar muhokama qilindi. O‘rganilgan tajriba kadrlar bo‘linmalari faoliyati uchun dolzarb va ahamiyatli ekanligi alohida ta’kidlandi.