UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

“Prototie” xalqaro IT-kompaniyasi Toshkentdagi IT Parkda o‘zining “Prototie CIS Corporation” ofisini rasman ochdi.

Mazkur voqea kompaniya biznesini sun’iy intellekt va IT sohasida kengaytirish hamda uning Markaziy Osiyodagi o‘rnini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.

09.01.2026

“Prototie” xalqaro IT-kompaniyasi Toshkentdagi IT Parkda o‘zining “Prototie CIS Corporation” ofisini rasman ochdi.

Ochilish marosimida ishtirok etgan UZINFOCOM vakillari hamkorlikning keng istiqbollarini e’tirof etib, raqamli transformatsiya va AI yechimlari bo‘yicha qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga qiziqish bildirdilar.

“Prototie CIS” jamoasi o‘z faoliyatini UZINFOCOM ofisida olib boradi. Bu esa qo‘shma tashabbuslarni samarali amalga oshirish hamda kompaniyaning Koreyadagi bosh qarorgohi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri texnik hamkorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu format mahalliy hamkorlar bilan ishlash jarayonini tezlashtirish, qaror qabul qilish tezkorligini oshirish va texnik yordam sifatini yaxshilash imkonini beradi.

Dunyodagi 2000 dan ortiq IT-mutaxassisni o‘zida jamlagan “Prototie” kompaniyasi AI-platformalar, IT-autsorsing va raqamli xizmatlarni rivojlantirishga ixtisoslashgan. Kompaniya kelajakda davlat va xususiy sektor bilan hamkorlikda elektron tijorat, chakana savdo va korporativ tizimlar sohasidagi yechimlar ko‘lamini kengaytirishni rejalashtirmoqda.