Ucast’ning 20-soni
Marketing har kuni atrofimizda. U shunchaki mahsulot sotmaydi, u madaniyatni shakllantiradi, hissiyotlarga ta’sir o‘tkazadi va odatlarimizni o‘zgartiradi.

Bugungi mehmonlarimiz — mintaqadagi eng zo‘r marketing ekspertlar: Diyor Mirzaahmedov — O‘zbekiston Marketing uyushmasi boshqaruvi raisi va Ravshan Ibragimov — uyushmaning tashqi aloqalar qo‘mitasi rahbari.
Ucast’ning ushbu sonida biz quyidagilar haqida gaplashamiz:
- qanday qilib «tanlov illyuziyasi» brendlarning asosiy quroliga aylangani
- nima uchun algoritmlar va ijtimoiy tarmoqlar bizni erkinlikdan mahrum qiluvchi «ideal do‘st»ga aylanib qolgani
- va IT-texnologiyalar marketologlar ishini samaraliroq, ammo shu bilan birga murakkabroq qilgani
- qanday marketing hisobotlardagi quruq raqamlarni emas, balki «haqiqiy» pullarni olib kelishi
- Microsoft va Apple, Coca‑Cola va Korzinka, Uzum va O‘zbekiston startaplari.
Ushbu son — tadbirkorlar, marketologlar. Bozorni chuqurroq tushunishni istaganlar hamda marketing nimalarga qodir-u, nimalarga qodir emasligini bilishni xohlovchilar uchun. Shuningdek, qarorlar aslida qanday qabul qilinishini — biznesda, marketingda va bizning ongimizda — yaqqolroq ko‘rishni istagan barcha uchun.