Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani va press-tur o‘tkazildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi. U 2025-yilgi faoliyat yakunlarini sarhisob qilish hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar va rejalarni belgilab olishga bag‘ishlandi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati va mutaxassislari, Yoshlar parlamenti a’zolari, shuningdek, mahalliy va respublika ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Press-tur doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligida raqamli hukumat tizimidagi islohotlar, davlat xizmatlarini raqamlashtirish natijalari, sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha pilot loyihalar va sohaning 2025-yilgi asosiy yutuqlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, mehmonlar UZINFOCOM ofisida bo‘lib, kompaniyaning asosiy loyihalari va amaldagi raqamli yechimlar namoyish etilgan shourum bilan tanishdilar.
