Hurmatli tibbiyot muassasalari rahbarlari!
«Yagona integrator UZINFOCOM» MCHJ DMED yagona tibbiyot axborot tizimida tibbiy ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash maqsadida tizimga o‘zgartirish kiritish tartibi qat’iy nazoratga olinganini ma’lum qiladi.

Nima o‘zgardi?
Endilikda tizimdan ma’lumotlarni o‘chirish, tahrirlash yoki bekor qilish (ayniqsa, dispanser nazorati, tashxislar va nogironlik maqomi bo‘yicha) faqat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy roziligi yoki topshirig‘i asosidagina amalga oshiriladi.
Nima uchun bu muhim?
So‘nggi vaqtlarda tibbiy qaydlarni ommaviy ravishda va asossiz o‘chirish holatlari ko‘paygan. Bu davlat statistikasining buzilishiga va huquqiy xavflarga olib kelmoqda.
Diqqat! Tibbiyot birlashmalari yoki hududiy boshqarmalardan (SSB) Sog‘liqni saqlash vazirligining tasdig‘isiz kelib tushgan so‘rovlar ijro uchun qabul qilinmaydi.
Eslatma: Ma’lumotlarni soxtalashtirish yoki asossiz o‘zgartirish uchun mansabdor shaxslar shaxsan javobgar hisoblanadi.
Muassasa xodimlarini ushbu tartib bilan tanishtirishingizni so‘raymiz