2026-yil 11-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Islamov Baxtiyor Djaxangirovich va rais o‘rinbosari Polvanov Shuxrat Tagaymuratovich UZINFOCOM Yagona integratoriga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.08.2025-yildagi PF-140-son Farmoniga muvofiq "Raqamli sud" konsepsiyasi doirasida ishlab chiqilayotgan axborot tizimlari bilan tanishish.

Uchrashuv davomida mehmonlarga UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilgan MyID, MyID Palm, DMED va Muxlisa AI raqamli yechimlari, shuningdek, yaratilgan infratuzilma va amalga oshirilgan loyihalar taqdim etildi.

Yig‘ilish doirasida "Raqamli sud" konsepsiyasi doirasida ishlab chiqilayotgan sun’iy intellekt texnologiyalari asosidagi dasturiy mahsulotlar va tizimlar taqdimoti o‘tkazilib, ularning funksional imkoniyatlari namoyish etildi.

Uchrashuv yakunida Oliy sud vakillari tomonidan tizimlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilib, loyihani amalga oshirish muddatlari muhokama qilindi.
