MIT delegatsiyasi O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi
MIT Kuo Sharper Center for Prosperity and Entrepreneurship - texnologiyalar, innovatsiyalar va tadbirkorlik sohasida ulkan yutuqlarga erishgan dunyodagi yetakchi tadqiqot universitetlaridan biridir.

Uchrashuv davomida innovatsion va tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish istiqbollari, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tadqiqot va ta’lim dasturlari sohasida uzoq muddatli hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida mehmonlar UZINFOCOM faoliyati, kompaniyaning asosiy loyihalari va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan raqamli yechimlar infratuzilmasi bilan ham tanishdilar, shuningdek, mamlakatda raqamli xizmatlar va innovatsion muhitni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy texnologik ishlanmalar va platformalar taqdim etilgan ko‘rgazma zaliga tashrif buyurdilar.
