UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Bugun UZINFOCOMga "O‘zbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Amirsaidov Bekzod Timurovich boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad - "O‘zbekgidroenergo" AJ tarkibiy bo‘linmalarida joriy etilishi rejalashtirilgan axborot tizimlari bilan tanishish.

16.02.2026

Bugun UZINFOCOMga "O‘zbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Amirsaidov Bekzod Timurovich boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuv doirasida dasturiy mahsulotlar va tizimlar taqdimoti o‘tkazilib, ularning funksional imkoniyatlari namoyish etildi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilgan MyID, MyID Palm, DMED va Muxlisa AI raqamli yechimlari, shuningdek, kompaniyaning raqamli infratuzilmasi va amalga oshirilgan loyihalari taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida "O‘zbekgidroenergo" AJ vakillari hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar taqdim etdilar, shuningdek, taklif etilayotgan yechimlarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildilar.