UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Mamlakatimiz rahbariyatining 2023-yil 28-dekabrdagi PQ-415 sonli qarorida

belgilangan vazifalar ijrosi doirasida sog‘liqni saqlash sohasidagi raqamli xizmatlar sifatini oshirish uchun ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish va xalqaro standartlarga rioya etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

05.07.2024

Mamlakatimiz rahbariyatining 2023-yil 28-dekabrdagi PQ-415 sonli qarorida

2024-yil 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida UZINFOCOM va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan muhim yig‘ilish va seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda axborot texnologiyalari bo‘yicha hamshiralarga UZINFOCOM kompaniyasi faoliyati, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘zlab berildi, hamda texnik xizmat ko‘rsatish guruhi faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi. Uchrashuv so‘ngida savol-javob bo‘lib o‘tdi va unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. 

 

📌Ma’lumot uchun: UZINFOCOM raqamlashtirishni jadallashtirish va jamoani kengaytirish maqsadida fuqarolik shartnomalari asosida mahalliy IT-hamshiralarni jalb qiladi va xodimlarni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha bonuslar beradi. Yil oxirigacha IT-hamshiralar orqali sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish jarayonini faollashtirish maqsadida respublikaning barcha hududlarini qamrab olish rejalashtirilgan.