Hurmatli DMED tizimi foydalanuvchilari!
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ijtimoiy himoya agentligi talabiga binoan tizimda yopilgan kasallik varaqalarini mustaqil ravishda bekor qilish/yaroqsiz deb belgilash funksiyasi o‘chirib qo‘yilganini ma’lum qilamiz.

Nima sababdan bunday qilindi?
Belgilangan tartibga ko‘ra, kasallik varaqasi yopilishi bilan bemorga ijtimoiy to‘lovlarni hisoblash jarayoni avtomatik tarzda ishga tushadi. Bu bosqichda tibbiyot muassasasi tomonidan hujjatning texnik bekor qilinishi moliyaviy xatoliklarga va davlat organlari hisobotlarida nomuvofiqliklarga olib kelishi mumkin.
Muhim! Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, kasallik varaqasini yopishdan oldin barcha ma’lumotlar va muddatlarni imkon qadar diqqat bilan tekshirishingizni so‘raymiz.
Agar xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, nima qilish lozim?
Kasallik varaqasini yopish jarayonigacha sizda uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud.
Varaqa yopilgandan so‘ng uni faqat Sog‘liqni saqlash vazirligiga rasmiy so‘rov yuborish orqali bekor qilish/yaroqsiz deb topish mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘rovingizni qabul qilishi uchun quyidagi ma'lumotlarni albatta ko‘rsating:
Bemorning JSHSHIR;
Yopilgan kasallik varaqasining seriyasi va raqami;
Bekor qilish/yaroqsiz deb topish sababi.
Tushunganingiz va tizimdagi ishga mas’uliyat bilan yondashganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz