UZINFOCOM bosh direktori E.I. Gimranov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining "Samarali hamkorlik uchun" faxriy nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu mukofot raqamli tashabbuslarni rivojlantirish, samarali idoralararo hamkorlikni mustahkamlash va axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, shuningdek, butun UZINFOCOM jamoasining birgalikdagi mehnati, xodimlarning kundalik professional hissasi va O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasi va davlat xizmatlarini rivojlantirishga bo‘lgan umumiy intilishining e’tirofidir.
