UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasi UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni, general-polkovnik B.H.Toshmatov boshchiligidagi delegatsiya, Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari O.A.Pekos hamrohligida UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

30.04.2026

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasi UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi

Tashrif doirasida mehmonlar kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan raqamli loyihalar hamda davlat axborot tizimlari va raqamli infratuzilmani rivojlantirish sohasidagi imkoniyatlar bilan tanishdilar. Delegatsiyaga UZINFOCOMning shourum qismida kompaniyaning asosiy texnologik yechimlari namoyish etildi.

 

IT-yechimlar taqdimoti

Delegatsiya a'zolariga davlat xizmatlarini raqamlashtirish va IT-infratuzilmani rivojlantirish sohasidagi ilg'or yechimlar taqdim etildi.

 

  • Davlat xizmatlarini raqamlashtirish;
  • IT-infratuzilmani rivojlantirish;
  • Davlat va biznes sektori uchun zamonaviy texnologik mahsulotlar.
         Shourumda taqdimot

 

 

 

Yechimlar muhokamasi         

Hamkorlik istiqbollari

Uchrashuvda tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek, raqamli transformatsiyaning asosiy masalalarini muhokama qildilar.

 

Davlat tuzilmalari faoliyatiga zamonaviy IT-yechimlarni joriy etish imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi.

 

 

Delegatsiya uchrashuvi