MyID ekotizimi Identity Week Europe va Money20/20 Europe’da taqdim etildi
UZINFOCOM MyID Vision, MyID Palm va MyID Pay yechimlarini raqamli identifikatsiya va moliyaviy texnologiyalar sohasidagi yirik Yevropa tadbirlari — Identity Week Europe hamda Money20/20 Europe’da taqdim etdi.

Tashrif buyuruvchilarga ekotizimning qo‘llalinishining amaliy vaziyatlar taqdim etildi: yuz orqali masofaviy biometrik identifikatsiya, kaft venalari orqali kontaktsiz to‘lov va karta, smartfon va PIN-kodsiz yuz orqali to‘lov. Banklar, to‘lov tizimlari, fintech kompaniyalari va savdo tarmoqlari vakillari integratsiya imkoniyatlari, yechimlarning texnik parametrlari va hamkorlik formatlarini muhokama qildilar.

Ishtirokchilar MyID yechimlarining zamonaviy xavfsizlik standartlariga muvofiqligi, biometrik identifikatsiya aniqligi va sanoatda joriy etishga tayyorligini ta’kidladilar. Tadbirlar yakunida bir qator kompaniyalar bilan muzokaralar o‘zaro hamkorlikning aniq shartlari va formatlarini muhokama qilishga o‘tdi.
