UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Polsha va Asseco International vakillari Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif doirasida Polshaning O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Marian Pshejdzetskiy hamda Asseco International kompaniyasi vitse-prezidenti Pshemislav Senchkovskiy UZINFOCOM faoliyati bilan tanishdi. Delegatsiyaga Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari O.A. Pekos hamrohlik qildi.

15.07.2026

Polsha va Asseco International vakillari Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi

Uchrashuvda raqamli transformatsiya, elektron hukumat, moliyaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini rivojlantirish, shuningdek, yirik davlat va korporativ IT-loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.



Mehmonlar UZINFOCOM shourumida kompaniyaning zamonaviy raqamli yechimlari va ishlanmalari bilan tanishdi. Xususan, ularga davlat axborot tizimlari, biometrik identifikatsiya, raqamli sog‘liqni saqlash hamda raqamli transformatsiyaning boshqa yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etildi.