UZINFOCOMda “Sen kuchlisan” jamg‘armasi bilan hamkorlikda onkologik kasalliklardan davolanayotgan bolalar chizgan rasmlarning xayriya auksioni bo‘lib o‘tdi.
Auksion davomida kompaniya xodimlari taqdim etilgan ishlarni xarid qilishdi. Auksiondan tushgan barcha mablag‘lar rasmlar mualliflari bo‘lgan bolajonlarning o‘zlariga topshirildi.

Tadbir doirasida bolalar ko‘ngilochar dasturda ham qatnashdilar va UZINFOCOM nomidan esdalik sovg‘alarini qabul qilib oldilar.
Tadbirni tashkil etgani uchun “Sen kuchlisan” jamg‘armasiga hamda ushbu xayriya tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan barcha hamkasblarimizga minnatdorchilik bildiramiz!


