UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Ozarbayjonlik jurnalistlar UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurishdi

Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil etilgan xalqaro mediatur doirasida IT Park Uzbekistan va UZINFOCOM’ga tashrif uyushtirildi.

20.08.2026

Ozarbayjonlik jurnalistlar UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurishdi

Tashrif davomida xorijiy jurnalistlar UZINFOCOM’ning ko‘rgazmalar zalida bo‘lib, kompaniyaning turli yo‘nalishlardagi asosiy raqamli yechimlari va loyihalari bilan tanishdi. Mehmonlarga davlat axborot tizimlari, raqamli hukumat va davlat xizmatlari sohasidagi ishlanmalar namoyish etildi.



Davlat jarayonlari samaradorligini oshirish hamda fuqarolar va biznes uchun raqamli imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladigan zamonaviy texnologik yechimlarga alohida e’tibor qaratildi.