Ozarbayjon va O‘zbekiston Hisob palatalari vakillari UZINFOCOM stendiga tashrif buyurdi
“Silk Road Finance & Technology Forum” doirasida Ozarbayjon hamda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatalari delegatsiyasi UZINFOCOM stendida bo‘ldi.

CAEx ko‘rgazmalar markazidagi stendda faxriy mehmonlarga kompaniyaning ilg‘or raqamli ishlanmalari — MyID, MyID Palm va Yulduz tizimlari namoyish etildi. Idora vakillari ushbu mahsulotlarning funksional imkoniyatlari hamda ularning turli davlat va biznes jarayonlarini raqamlashtirishdagi amaliy ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Forum doirasidagi uchrashuvdan so‘ng delegatsiya a’zolari tanishuvni UZINFOCOM kompaniyasining bosh ofisidagi shourumda davom ettirdilar. U yerda mehmonlarga my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda hrm.gov.uz — inson resurslarini boshqarishni avtomatlashtirish tizimi va boshqa qator yirik davlat loyihalari batafsil taqdim etildi.
