UZINFOCOM, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Koreya Respublikasining Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA)
o‘rtasida sun’iy intellekt asosidagi «Fuqarolar murojaatlari tizimi»ni yaratishga qaratilgan grant loyihasining birinchi bosqichini yakunlash yuzasidan yakuniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar amaldagi fuqarolar murojaatlari tizimini chuqur o‘rganish va baholash natijalarini sarhisob qildilar, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar hamda loyihani hayotga tatbiq etish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildilar.

Koreya tomoni loyihaning birinchi bosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirishga zamin yaratgan amaliy ko‘mak va taqdim etilgan barcha zarur ma’lumotlar uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.
