UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM vakillari Xitoyning texnologik tajribasini o‘rganmoqda

Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrif doirasida UZINFOCOM delegatsiyasi zamonaviy texnologik yechimlar va raqamli transformatsiyaning xalqaro amaliyoti bilan tanishmoqda.

17.09.2026

UZINFOCOM vakillari Xitoyning texnologik tajribasini o‘rganmoqda

Delegatsiya O‘qituvchilar malakasini oshirish va o‘qitish markaziga tashrif buyurib, ta’lim sohasidagi raqamli yechimlar, qo‘llanilayotgan texnologiyalar va o‘quv jarayonini tashkil etishga doir innovatsion yondashuvlarni o‘rgandi.



Tashrifning alohida yo‘nalishlaridan biri 17–19-sentyabr kunlari Shanxayda bo‘lib o‘tgan dunyodagi eng yirik texnologik forumlardan biri — HUAWEI CONNECT 2026 da ishtirok etish bo‘ldi. Tadbir davomida UZINFOCOM vakillari sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, raqamli infratuzilma va turli sohalarni intellektual transformatsiya qilish bo‘yicha so‘nggi ishlanmalar bilan tanishdilar.

Shuningdek, Shanxay yaqinidagi Huawei ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurildi. UZINFOCOM vakillari tadqiqot ishlarining tashkil etilishi, kompaniyaning istiqbolli ishlanmalari yo‘nalishlari va texnologik mahsulotlar yaratishga doir yondashuvlar bilan tanishdilar.

Safar doirasida delegatsiya a’zolari xalqaro hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda, tajriba almashib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilmoqda. Xalqaro texnologik tajribani o‘rganish O‘zbekistonning milliy axborot tizimlarini yanada rivojlantirishda ilg‘or yondashuvlarni inobatga olish imkonini beradi.